Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
Payshanba kuni soat 14:20 da Afg‘onistonda 6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi O‘zbekistonning 10 ta hududida sezilib, 2−3 ballni tashkil etdi.
11 yanvar kuni kuni Afg‘onistonda sodir bo‘lgan yer silkinishi O‘zbekistonning qator viloyatlarida sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.
Soat 14:20 da qayd etilgan zilzila koordinatalari: 36,7 gradus shimoliy kenglik; 70,34 gradus sharqiy uzunlik. Chuqurlik 180 km.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Surxondaryo viloyatida 2-3 ball, 279 km;
- Farg‘ona viloyatida 2 ball, 428 km;
- Jizzax viloyatida 2 ball, 439 km;
- Samarqand viloyatida 2 ball, 441 km;
- Sirdaryo viloyatida 2 ball, 443 km;
- Qashqadaryo viloyatida 2 ball, 466 km;
- Andijon viloyatida 2 ball, 486 km;
- Namangan viloyatida 2 ball, 492 km;
- Toshkent shahrida 2 ball, 516 km;
- Navoiy viloyatida 2 ball, 575 km.
Mavzuga oid
21:04 / 09.04.2026
Afg‘on qozonlari ichiga yashirilgan 190 kilogrammdan ortiq narkotik modda to‘xtatib qolindi
08:34 / 07.04.2026
Kobulda Markaziy Osiyo va Afg‘oniston ilk muloqoti o‘tkazildi
00:22 / 06.04.2026
Pokiston qurolli kuchlari chegara postini egallashga uringan afg‘on askarlarini yo‘q qildi
21:22 / 03.04.2026