O‘zbekiston | 12:05 / 12.01.2024
2590
1 daqiqa o‘qiladi

Eng ko‘p kichik tadbirkorlik sub’yektlari joylashgan hudud ma’lum qilindi

Qaysi hududda kichik tadbirkorlik sub’yektlari soni ko‘pligi to‘g‘risida batafsil ma’lumot taqdim etildi.

O‘zbekistonda 2023 yilning 1 dekabr holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’yektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 428 396 tani tashkil etgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, shundan 424 695 tasi kichik tadbirkorlik sub’yektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda – 87 780 ta.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar bo‘yicha quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Toshkent viloyatida – 39 461 ta;
  • Samarqand viloyatida – 38 149 ta;
  • Farg‘ona viloyatida – 37 050 ta;
  • Qashqadaryo viloyatida – 29 334 ta;
  • Buxoro viloyatida – 27 837 ta;
  • Andijon viloyatida – 24 912 ta;
  • Xorazm viloyatida – 24 424 ta;
  • Namangan viloyatida – 23 608 ta;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 22 059 ta;
  • Surxondaryo viloyatida – 21 427 ta;
  • Navoiy viloyatida – 19 966 ta;
  • Jizzax viloyatida – 17 124 ta;
  • Sirdaryo viloyatida – 11 564 ta.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid