Jahon | 15:56 / 12.01.2024
13654
6 daqiqa o‘qiladi

Kiyevda dafn marosimi va frontda qolayotgan harbiylar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 687-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi qonun loyihasi qayta ishlash uchun hukumatga qaytarildi. «Sluga naroda» fraksiyasi yetakchisi David Araxamiyaning so‘zlariga ko‘ra, «undagi ayrim moddalar inson huquqlarining to‘g‘ridan to‘g‘ri buzilishi, qaysilaridir optimal darajada tuzilmagan».
  • AQSh xavfsizlik kengashi Rossiyaning 300 milliard dollar miqdoridagi muzlatilgan aktivlarining bir qismini musodara qilishga imkon beruvchi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi, bu mablag‘lar kelgusida Ukrainani tiklash uchun yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.
  • Latviya seymi (parlament) Rigadagi «Moskva uyi»ni davlat mulkiga o‘tkazdi. LETA agentligi yozishicha, uning sotuvidan tushadigan mablag‘ Ukrainaga beriladi. Seymdagilarning hisoblashicha, bu yerda madaniy-ma’rifiy tadbirlar niqobi ostida siyosiy faoliyat olib borilgan. Rossiya hukumati hozircha vaziyat yuzasidan munosabat bildirmadi.
  • Sankt Peterburg davlat universiteti talabasi Darya Kozireva o‘qishdan haydaldi, unga nisbatan armiyani «obro‘sizlantirish» to‘g‘risida protokol tuzilgandi – o‘qishga kirishidan oldin urushga qarshi yozgan posti uchun.

Frontda halok bo‘lgan shoir Maksim Krivsovning dafn marosimi

Maksim Krivsov — Ukraina qurolli kuchlari safida jang qilgan ukrain shoiri — 7 yanvar kuni halok bo‘lgan (aynan qayerdaligiga oydinlik kiritilmagan; Krivsovning o‘limi qanday ro‘y bergani tafsilotlari ham ma’lum emas). U 33 yoshda edi. Krivsov 2014 yil Mustaqillik maydonidagi (Maydan voqealari) namoyishlarning faol ishtirokchisi bo‘lgan, keyin ko‘ngilli sifatida Donbassdagi urushga yo‘l olgan. 2015 yilga qadar «O‘ng sektor»ning 5-batalyoni safida jang qilgan, keyin yana to‘rt yil davomida Ukraina Milliy gvardiyasi tezkor harakat qilish brigadasida pulemyotchi sifatida xizmat qilgan. Rossiyaning 2022 yil fevralida boshlangan bosqinidan keyin Krivsov frontga qaytgandi.

Krivsov harbiy harakatlar vaqtida ham o‘z she’rlarini muntazam ravishda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib borgan, shuningdek oldingi chiziqda turib o‘zining va boshqa shoirlarning she’rlarini o‘qigani aks etgan videolar jo‘natgan. 2023 yilda «Qo‘rg‘ondan she’rlar» nomli she’rlar jamlanmasini chop ettirgan, Ukraina so‘z erkinligi va mualliflik himoyasi tashkiloti (PEN) uni yilning eng yaxshi kitoblaridan biri sifatida tan olgan.

Krivsovni 11 yanvar kuni Kiyevda dafn etishdi (uning o‘zi Rivnedan). Vidolashuv marosimi Mixaylov zarrin soborida o‘tkazildi.

Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA

Oldingi chiziqdagi ukrain jangchilarining portretlari 

Donetsk oblastidagi pozitsiyada turgan ukrainalik jangchi
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Xarkiv oblasti Kupyansk shahri yaqinidagi okopda turgan ukrain harbiysi
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukrainalik jangchi Kupyansk atrofidagi oldingi chiziqda
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukrainalik harbiy Donetsk oblastida
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Donetsk oblastidagi pozitsiyada turgan ukrain jangchisi
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press

Ukraina qurolli kuchlarining Baxmut atrofidagi pozitsiyalari

 

Ukraina QK pozitsiyasidagi bunkerdan chiqayotgan askar, hozirda bu yerda Rossiya yurishi doirasida faol to‘qnashuvlar ketmoqda
Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press

 

Ukrain jangchilari oldingi chiziqdagi bunkerda dam olmoqda
Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press
Oldingi chiziqdagi navbatchilik vaqtida rossiyaliklarning dronlarini kuzatayotgan ukrain harbiylari
Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukrainalik harbiylar qorga tiqilib qolgan mashinani olib chiqmoqda
Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press

Vladimir Solovyovga suiqasdda ayblanuvchi ustidan sud

11 yanvar kuni Moskvada Ikkinchi G‘arbiy okrug harbiy sudi propagandachi Vladimir Solovyovga suiqasd qilishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishni ko‘rib chiqishni boshladi. Tergov versiyasiga ko‘ra, 2022 yil 25 aprel kuni Andrey Pronskiy, Timofey Mokiy, Vladimir Belyakov, Vladimir Stepanov, Maksim Drujinin, Andrey Volkov va Denis Abrarov ukrain maxsus xizmatlari topshirig‘i bilan teleboshlovchining avtomobilini portlatishni rejalashtirgan.

Ularga 12 ta modda bo‘yicha ayblov qo‘yilgan, ular orasida terrorchilik tashkiloti tashkil etish, nafrat yoki adovat qo‘zg‘atish, qurol-yarog‘ va portlovchi moddalarning noqonuniy savdosi, terakt, qotillikka tayyorgarlik ko‘rish kabi moddalar bor. Yetti nafar sudlanuvchidan faqat uch nafari (Pronskiy, Volkov va Abrarov) aybiga qisman iqror bo‘lgan. Solovyovning o‘zi sud majlisiga kelmagan.

Andrey Pronskiy — teleboshlovchi Vladimir Solovyovga suiqasd tayyorlash bo‘yicha ish figurantlaridan biri
Pelagiya Tixonova / Agenstvo «Moskva»

Mavzuga oid