Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Oliy sudi Aleksey Navalniyning ikkita da’vosini rad etdi
Siyosatchi koloniyaning ayrim ichki qoidalarini bekor qilishni talab etgandi. Boshqa narsalar qatorida, Navalniy ovqatlanish uchun atigi 15 daqiqa ajratilgan qoidaga qarshi chiqdi.
Rossiya Oliy sudi 11 yanvar, payshanba kuni taniqli muxolifatchi Aleksey Navalniyning axloq tuzatish koloniyasidagi qamoq sharoitlari bilan bog‘liq ikkita da’vosini rad etdi, deb xabar qildi siyosatchining hamkorlari Telegram-kanalda. Birinchi sud jarayonida Navalniy koloniyada atigi 15 daqiqa ovqatlanishga ruxsat beruvchi qoidalarga e’tiroz bildirgan. Ikkinchi da’vo kamera tipidagi xonada ikkitadan ortiq kitobni va jazoni o‘tash kamerasida bittadan ortiq kitobni saqlash huquqiga tegishli edi.
Da’voning ovqatlanish vaqtiga oid qismida Navalniy misol tariqasida avval pishirib, keyin iste’mol qilinishi kerak bo‘lgan quruq «Doshirak» lag‘monini keltirdi. «Katta krujkalarda olib kelinadigan qaynoq suv shunchaki sovishga ulgurmaydi. Sabzavotlarni yuvish, tozalash va qoshiq bilan kesishda ham muammolar bor», deb yozadi «Komanda Navalnogo».
Navalniy yana jazo kamerasiga yuborildi
9 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Aleksey Navalniy yana yetti kunga jazo kamerasiga jo‘natilgani ma’lum bo‘ldi. Bu muxolifatchi Yamalo-Nenets avtonom okrugidagi koloniyaga yetkazilganidan keyin majburiy karantindan chiqqanidan so‘ng sodir bo‘ldi. Siyosatchining postida ta’kidlanganidek, jazo kamerasiga joylashtirilishiga uning «o‘zini tegishli shaklda tanishtirishdan bosh tortgani, tarbiyaviy ishlarga reaksiya bildirmayotgani, o‘zi uchun tegishli xulosalar chiqarmayotgani» sabab bo‘lgan.
«Polyarnyy volk» koloniyasiga ko‘chirilishidan oldin siyosatchi Vladimir viloyati Melexovo qishlog‘idagi IK-6da edi. Navalniy u yerda jazo kamerasiga 23 marta yuborilgan. Buning sabablari, masalan, tugma to‘g‘ri taqilmagani va panjarani yuvishdan bosh tortish edi. Jazo kamerasida saqlash sharoitlari qat’iyligi bilan ajralib turadi. Mahkumlarga posilka olish, sayrga chiqish taqiqlangan, ularga choyshab berilmaydi.
Aleksey Navalniy 2023 yil avgustida ekstremistik faoliyatda ayblanib, maxsus rejimli koloniyaga 19 yilga qamalgan edi. Navalniy o‘zini aybsiz, hukmni esa - siyosiy sabablarga ko‘ra chiqarilgan deb hisoblaydi. Inson huquqlari tashkilotlari Navalniyni siyosiy mahbus sifatida tan olgan.
Mavzuga oid
18:40 / 23.06.2026
Falajlikda o‘tgan 4 yil yoxud Islomov rahbarligi davrida sud tizimi
09:00 / 16.06.2026
Firibgarlar sud organlari nomidan SMS yubormoqda
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:56 / 28.05.2026