O‘zbekiston | 11:46 / 16.01.2024
7492
1 daqiqa o‘qiladi

2024 yilda 33 ta don korxonasi sotiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024 yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘ilishda xususiylashtirish bo‘yicha ishlar holati tahlil qilindi.

Masalan, "Donmahsulot" tarkibidagi savdoga chiqarilgan 43 ta korxonadan bor-yo‘g‘i 10 tasi sotilgan. Ayrimlari 2-3 yildan beri sotilmasdan turibdi. Bunga sabab xususiy sektorga bermaslik uchun narxi sun’iy oshirib yuborilgan. 

Mutasaddilarga sotilmasdan turgan 33 ta don korxonasi narxini bozor qiymatiga keltirib, joriy yilda sotilishini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

Shuningdek, xususiylashtirish dasturiga kiritilgan 484 ta davlat aktivlari savdoga chiqarilmayotgani tanqid qilindi. Vaholanki, bularning hisobidan yana 200 milliard so‘m tushum qilsa bo‘lardi. 

Vazirlar Mahkamasiga qoloqliklarni bartaraf etib, 2024 yilda 20 trillion so‘m tushum ta’minlaydigan yangi xususiylashtirish dasturini kiritish topshirildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid