Prezident Şavkat Mirziyoyevga navbatdagi Toşkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik işlari yuzasidan axborot berildi.
Qayd etilişiça, mazkur forum mamlakatning investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda namoyon etiş, xorijiy şeriklar bilan özaro manfaatli loyihalarni şakllantiriş va ilgari suriş uçun muhim platformaga aylangan.
Bu yilgi forumda qariyb 3,1 ming nafar xorijiy mehmon iştirok etişi kutilmoqda. Tadbirga xorijiy davlatlar hukumatlari vakillari, xalqaro moliya institutlari, yirik kompaniyalar, investitsiya jamğarmalari hamda biznes doiralari rahbarlari taklif etilgan.

Forum dasturidan yalpi majlis, ikki tomonlama uçraşuvlar, tarmoq va hududlar taqdimotlari, investitsiya kelişuvlarini imzolaş marosimlari hamda işbilarmonlar muloqotlari örin olgan.
Şuningdek, Özbekistonning investitsiya salohiyatini namoyiş etuvçi körgazma taşkil etilib, unda qişloq xöjaligi, yengil sanoat, geologiya, elektrotexnika, maşinasozlik, kimyo sanoati, energetika, sun’iy intellekt va axborot texnologiyalari sohalaridagi imkoniyatlar taqdim etiladi.

Forum doirasida prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengaşining navbatdagi yalpi majlisi ham ötkaziladi. Unda investitsiya muhitini yanada yaxşilaş, sanoat-texnologik va innovatsion rivojlanişni jadallaştiriş, xususiy sektor va xalqaro investorlar uçun qulay şaroitlarni kengaytiriş masalalari muhokama qilinadi.
Joriy yilgi forum doirasida kimyo sanoati, geologiya va metallurgiya, elektrotexnika, maşinasozlik, farmatsevtika, qişloq xöjaligi, energetika, raqamli texnologiyalar, transport-logistika, turizm va ta’lim kabi qator yönalişlarda yirik investitsiya kelişuvlarini imzolaş rejalaştirilgan.

Mutasaddilarga xorijiy mehmonlarni munosib kutib oliş, tadbirlar dasturini puxta taşkil etiş hamda forum yakunlari böyiça imzolanadigan kelişuvlarning samarali ijrosini ta’minlaş yuzasidan tegişli topşiriqlar berildi.

















