O‘zbekiston | 13:41 / 16.01.2024
9391
2 daqiqa o‘qiladi

5 ta hududdagi 123 nafar hokim yordamchilari to‘liq yangilanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024 yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ma’lumot berilishicha, bu yil 5 million aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha alohida dastur qabul qilindi.

“Kambag‘allikni keskin kamaytirish uchun odamlarimizga doimiy daromad keltiradigan ish o‘rinlarini yaratish zarur”, - dedi davlat rahbari.

O‘tgan yili 16 ta tuman va shaharda doimiy ish o‘rinlarini yaratish rejasi 70 foizga ham bajarilmagani ko‘rsatib o‘tildi. Bandlik idoralari esa ish so‘rab kelgan odamlarga osongina nafaqa tayinlashga o‘tib olgani tanqid qilindi.

Shuningdek, respublikadagi 319 ta mahalladagi hokim yordamchilari aholini biznesga jalb qilish, bandlikni oshirish, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha natija ko‘rsata olmagani qayd etildi.

Jumladan, Sh.Rashidov, Past Darg‘om, Angor tumanlari, Andijon va Termiz shaharlaridagi 123 ta hokim yordamchisining aholini tadbirkorlikka jalb qilish ishlari qoniqarsiz.

Ushbu hokim yordamchilarini to‘liq yangilash va tajribali hokim yordamchilarini biriktirish vazifasi qo‘yildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid