O‘zbekiston | 10:55 / 16.01.2024
5524
1 daqiqa o‘qiladi

Iqtisodiy kompleks rahbarlarining ish haqi KPI ijrosiga bog‘lab qo‘yiladi

Iqtisodiy kompleks rahbarlariga oylik, choraklik va yillik samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) joriy etiladi. Ish haqi ham ularning ijrosiga bog‘lanadi. Endi vazir o‘rinbosarlarini 70 foiz ishi tumanda bo‘lib, ular vazirlik uchun belgilangan KPI ijrosini joyida tashkil qiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024 yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti.

Ma’lum qilinishicha, iqtisodiy kompleks rahbarlariga oylik, choraklik va yillik samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) joriy etiladi. Ish haqi ham ularning ijrosiga bog‘lanadi.

Ushbu rahbarlar bir hafta muddatda xalqqa murojaat qilib, rejalarini oddiy tilda tushuntiradi hamda o‘ziga katta mas’uliyat va javobgarlik oladi.

Endi vazir o‘rinbosarlarining 70 foiz ishi tumanda bo‘lib, ular vazirlik uchun belgilangan KPI ijrosini joyida tashkil qiladi.
 
Belgilangan rejalarga erishish ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi: vazirlik va idora rahbarlarining hisoboti har haftada hukumat rayosatida, har chorakda esa Oliy Majlisda ko‘rib chiqiladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid