Jahon | 18:58 / 16.01.2024
5000
2 daqiqa o‘qiladi

KXDR konstitutsiyasida Janubiy Koreya «birinchi raqamli dushman» deb belgilanadi 

Urush bo‘lganda janubni «to‘liq bosib olish» vazifasi ham belgilandi. 

Foto: Reuters

KXDR yetakchisi Kim Chen In Oliy xalq assambleyasining 10-sessiyasida Janubiy Koreyani «birinchi raqamli dushman davlat» deb belgilab, mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritishga chaqirdi. 

«Janubiy Koreya KXDR konstitutsiyasida «birinchi raqamli dushman davlat va doimiy asosiy dushman» sifatida belgilanishi kerak», dedi u. 

Koreya markaziy telegraf agentligi (KMTA) xabariga ko‘ra, urush bo‘lgan taqdirda janubni «to‘liq bosib olish» vazifasi ham belgilab qo‘yilgan. 

«Koreya yarimorolida urush boshlangan taqdirda Koreya Respublikasini to‘liq bosib olish va uni KXDR tarkibiga kiritish masalasini ko‘rib chiqish muhim», dedi Kim Chen In. 

KXDR Oliy xalq assambleyasining 10-sessiyasida Kim Chen In «Respublika ravnaqi va taraqqiyoti hamda xalq farovonligini oshirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar to‘g‘risida»gi asosiy siyosiy nutqi bilan chiqdi. Tadbir 15 yanvar kuni Pxenyanda bo‘lib o‘tdi. 

Xuddi shu sessiyada Koreyalararo munosabatlar bilan shug‘ullanadigan idoralarni yopishga qaror qilindi. Shu asosda iqtisodiy hamkorlik uchun mas’ul organ, shuningdek, Janubiy Koreyaning Qumgang tog‘ida turizm loyihasini ishlab chiquvchi agentlik tugatildi. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid