Koreya O‘zbekistonda GESlarni modernizatsiya qilishda ishtirok etishi mumkin
O‘zbekiston elchixonasida Janubiy Koreyaning Tae-Chang NET Co., Ltd. kompaniyasi rahbari Ji In Xo bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo AA
«Dunyo» xabariga ko‘ra, uchrashuvda Janubiy Koreya kompaniyasining Toshkent va Samarqand viloyatlarida joylashgan, umumiy quvvati qariyb 30 MVt bo‘lgan beshta gidroelektr stansiyasini modernizatsiya qilishda ishtirok etish masalasi muhokama qilindi.
Ji In Xo «O‘zbekgidroenergo» bilan hamkorlikda mavjud GESlar bugungi holatini o‘rganish, shuningdek, energetika sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish borasidagi ishlar haqida ma’lumot berdi. 2023 yil sentabr oyida tomonlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan. Tae-Chang NET Co., Ltd. tomonidan ushbu hujjat asosida Toshkent va Samarqand viloyatlaridagi beshta gidroelektr stansiyasini modernizatsiya qilishning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish ishlari boshlandi.
Koreyalik mutaxassislar loyihaning asosiy parametrlarini aniqlash maqsadida 2023 yil oktyabr va dekabr oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Ular GESlar samaradorligini oshirish va uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun energiya bloklarini to‘liq almashtirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. O‘zbekiston energetiklari va muhandislarining malakasini oshirish uchun maxsus o‘quv kurslari tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Ji In Xo Koreya xalqaro hamkorlik agentligi grant mablag‘lari hisobidan O‘zbekistonda bitta gidroelektrostansiyani modernizatsiya qilish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish rejasini ma’lum qildi. Ayni paytda «O‘zbekgidroenergo» bilan birgalikda keyinchalik rasmiy ariza berish uchun loyiha konsepsiyasini tayyorlash ishlari boshlangan.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina va AQSh foydali qazilmalar bo‘yicha shartnoma tuzish niyatida memorandum imzoladi
Jahon | 17:34
-
O‘zbekistonning Bahrayndagi birinchi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 17:32
-
Ucell mobil abonentlar soni bo‘yicha 10 millionlik marradan o‘tdi
O‘zbekiston | 16:59
-
Markaziy bank Telegram orqali tarqalayotgan firibgarlikdan ogohlantirdi
Jamiyat | 16:34
Mavzuga oid

08:35 / 14.04.2025
Malayziya O‘zbekistondagi daryo va kanallarda kichik GESlar qurishi mumkin

18:28 / 08.04.2025
Janubiy Koreya chegarani kesib o‘tgan KXDR askarlariga qarata ogohlantiruvchi o‘t ochdi

18:13 / 08.04.2025
«Kalmar o‘yinlari» aktyori 1 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

17:06 / 07.04.2025