NATO Yevropada so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik mashqini o‘tkazadi
Tadbir 5 oy davom etadi va unda 90 mingga yaqin askar ishtirok etadi.

Foto: Reuters
Yevropadagi NATO ittifoqchi kuchlari bosh qo‘mondoni Kristofer Kavoli so‘zlariga ko‘ra, kelasi haftada alyans so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik Steadfast Defender 2024 o‘quv mashqlarini boshlaydi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Tadbir Germaniya, Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlarida bo‘lib o‘tadi va may oyiga qadar davom etadi. Mashqlarda 90 mingga yaqin askar ishtirok etadi.
«Alyans Shimoliy Amerikadan kuchlarni transatlantika orqali jo‘natib, Yevro-Atlantika hududini mudofaa qilish salohiyatini namoyish etadi», dedi Kavoli.
Unga ko‘ra, mashg‘ulotlarda NATO mamlakatlari qurolli kuchlaridan tashqari Shvetsiya harbiy xizmatchilari ham ishtirok etadi.
Avvalroq, NATO harbiy qo‘mitasi rahbari Rob Bauer Steadfast Defender 2024 mashqlari Rossiyaning NATO sharqiy qanotiga ehtimoliy bosqinini oldini olishga qaratilganini tushuntirgan edi. 2023 yil oktyabr oyida u mashqlarda 40 mingga yaqin harbiy xizmatchi ishtirok etishi kerakligini aytdi.
Financial Times bayonotiga ko‘ra, rejalashtirilgan tadbir Sovuq Urushdan keyingi eng yirik mashqlar hisoblanadi. NATO harbiylari mashg‘ulotlar davomida 500–700 marta parvoz qiladi va unda kamida 50 ta harbiy kema qatnashadi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59
-
AQSh “Tolibon” bilan faol muloqotga kirishdi. G‘arbning talablari o‘zgardimi?
Jahon | 22:28
-
Ilon Mask bojlar sabab Trampning maslahatchisini haqorat qildi
Jahon | 22:26
-
Germaniyada mamlakat fuqaroligini uch yil ichida olish imkoniyati bekor qilinadi
Jahon | 21:33
Mavzuga oid

20:56 / 08.04.2025
Pentagon Sharqiy Yevropadagi harbiy kontingentini qisqartirish imkoniyatini muhokama qilmoqda

08:14 / 05.04.2025
«Rossiya otashkesimga tayyorgarlik ko‘rayotganining alomati yo‘q» - NATO razvedkasi

10:58 / 04.04.2025
NATO razvedkasi Rossiya armiyasining Ukrainadagi taxminiy yo‘qotishlarini ma’lum qildi

14:09 / 03.04.2025