Jahon | 19:09 / 19.01.2024
7403
4 daqiqa o‘qiladi

KXDR suvosti yadro sinovini o‘tkazganini da’vo qildi 

Mamlakat rasmiylari «yadro kallagini olib yurishga qodir suvosti droni» sinovdan o‘tkazilgani haqida xabar berdi. Bunday sinov o‘tkazilgani haqida boshqa hech qanday dalil yo‘q. 

Foto: RODONG SHINMUN

KXDR hukumati AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiyaning shu hafta o‘tkazgan qo‘shma mashg‘ulotlariga javoban «suvosti yadro quroli»ni sinovdan o‘tkazganini e’lon qildi. Davlat matbuoti yadro kallagini olib yurishga qodir deb hisoblangan suvosti droni sharqiy qirg‘oqlarida sinovdan o‘tkazilgani haqida xabar berdi. 

BBC nashrining qayd qilishicha, bunday sinov o‘tkazilgani haqida hech qanday dalil yo‘q. Shuningdek, Janubiy Koreya avvalroq KXDR suvosti droniga taalluqli ma’lumotlar bo‘rttirilganini va sinov haqidagi xabarlar «provokatsiya» ekanini ta’kidlagan edi. 

19 yanvar kuni Pxenyan suvosti dronini sinovdan o‘tkazishga AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiya o‘rtasidagi qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar turtki bo‘lganini ma’lum qildi, chunki bu «mintaqadagi vaziyatni yanada beqarorlashtiradi va KXDR xavfsizligiga tahdid soladi». 

Bunga Vashington, Seul va Tokio o‘z mashg‘ulotlarini KXDR o‘zining harbiy faolligi ortib borayotganiga javoban, ya’ni so‘nggi paytlarda yadro kallaklari va qurollarning yangi turlarini olib yurishga qodir ballistik raketalarni tobora ko‘proq sinovdan o‘tkazayotgani haqida javob berdi va bularning barchasi BMT sanksiyalarini buzgan holda amalga oshirilayotganini ta’kidladi. 

2023 yil sentabrida Pxenyan yadro qurolini olib yurishga qodir birinchi suvosti kemasiga ega ekanini e’lon qilgan edi. Bundan avvalroq, 2023 yil mart oyida esa KXDR yadro kallagini olib yurishga qodir bo‘lgan «Hiel» (koreyscha «sunami») uchuvchisiz suv osti dronini sinovdan o‘tkazganini e’lon qildi. 

Ushbu qurol va uning xususiyatlari haqida ma’lumot kam, ammo bu suvosti dronlari haqiqatan ham o‘tgan yili namoyish etilgan, ammo amalda emas, balki harbiy paradda. KXDR davlat ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, bu qurilmalar dushman hududiga sezilmasdan kirib, u yerda kuchli portlash keltirib chiqarishga qodir. 

Biroq, harbiy tahlilchilarning aytishicha, bu qurollar amalda rasmiylar aytganidek ishlayotgan bo‘lsa ham, ular yadroviy kallakli ballistik raketalar kabi jiddiy xavf tug‘dirmaydi. 

«KXDR ilmiy mudofaa salohiyati darajasini va bu qurollar hali ishlab chiqish bosqichida ekanini hisobga olsak, ular hali jiddiy xavf tug‘dirmasligi mumkin», dedi An Chang-Il, shimoliy koreyalik qochqin va hozir Yaponiyaning Shimoliy Koreya tadqiqotlari xalqaro instituti xodimi. 

2023 yilda Pxenyan Yer orbitasiga razvedka sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli olib chiqqanini da’vo qildi. Kim Chen In sun’iy yo‘ldosh Oq uyni batafsil ko‘rish imkonini berganini aytdi. Bunday sun’iy yo‘ldoshning amalda ishlayotgani mustaqil ravishda tasdiqlanmagan, biroq KXDR Ukrainadagi urushni davom ettirish uchun Rossiyaga qurol jo‘natib, evaziga Rossiya yordami bilan sun’iy yo‘ldoshni uchirgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid