Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda tamaki chekuvchilar ulushi 10 foizga kamaytiriladi
O‘zbekistonda aholi orasida zararli odatlarga qarshi kurashish rejalashtirilmoqda, tamaki chekuvchilar ulushi 10 foizga kamaytiriladi.
«Aholi salomatligi-2030» milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko‘ra, jamoat joylari va jamoat transportida tamaki va alkogoldan xoli bo‘lgan muhitni yaratishga qaratilgan qonunchilikka rioya qilinishining jamoatchilik monitoringini o‘tkazish metodologiyasi va vositalari ishlab chiqiladi.
Jamoatchilik va vakolatli organlar jamoatchilik monitoringi natijalaridan xabardor qilinadi.
Sog‘lom turmush tarzini olib borishga ko‘maklashayotgan savdo obektlari, umumiy ovqatlanish korxonalari, park hududlari va boshqa obektlar hamda alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish va iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risidagi qonunchilikni buzayotganlar reytingi tuziladi.
Tamaki mahsulotlaridan voz kechish bo‘yicha «Tezkor aloqa» psixologlar maslahati tashkil etiladi.
Mavzuga oid
22:06 / 10.06.2026
Mutaxassislar 8 soatlik uyqu haqidagi afsonani rad qildi: aslida qancha uxlash kerak?
20:10 / 02.06.2026
Olimlar havodagi plastik zarralari yashirin xavf ekanini aniqladi
22:32 / 01.06.2026
Har kuni qahva ichishning salomatlik uchun 4 ta foydasi
17:17 / 31.05.2026