Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda biznes-jyet halokatga uchradi
Hindistondan uchgan samolyot Moskva yo‘nalishida harakat qilgan. Uning bortida jami 6 kishi bo‘lgan. Samolyot yoqilg‘i to‘ldirish uchun qo‘nish Toshkentga to‘xtab o‘tishi kerak bo‘lgan.
RF fuqarolik samolyotlari davlat reyestrida ro‘yxatga olingan Falcon 10 samolyoti 20 yanvar kuni kechqurun, Afg‘oniston havo kengliklarida bo‘lganida aloqaga chiqmay qo‘ygan va radarlar ekranlaridan yo‘qolgan. Bu haqda Rosaviatsiya matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bortda olti kishi bo‘lgan (ikki yo‘lovchi va ekipajning to‘rt a’zosi).
«Samolyot „Atletik Grupp“ MChJ va xususiy shaxsga tegishli bo‘lgan. Havo kemasi Gaya (Hindiston) — Toshkent (O‘zbekiston) — Jukovskiy (Rossiya) yo‘nalishi bo‘yicha charter sanitar reysini amalga oshirayotgan bo‘lgan», — deya aniqlik kiritgan agentlik.
Uchuvchilar 20 yanvar kuni soat 19:05 da Ko‘lob shahriga shoshilinch qo‘nmoqchiligi, so‘ngra soat 19:19 da birinchi va 19:29 da ikkinchi dvigateli ishdan chiqqanini xabar qilishga ulgurgan.
Rosaviatsiyada aniqlik kiritishlaricha, samolyot parvozining boshlang‘ich nuqtasi Tailanddagi Utapao aeroporti bo‘lgan.
Rosaviatsiya hodisa yuzasidan Afg‘oniston va Tojikiston rasmiylari bilan aloqada bo‘lib turganini ma’lum qilgan. «Havo kemasini qidirish ishlari olib borilmoqda», — deya qo‘shimcha qilgan idora.
Pajhwok News agentligi ma’lumotiga ko‘ra, samolyot Afg‘onistonning Badaxshon viloyatidagi tog‘li hududda qulab tushgan. TASS operativ xizmatlarga tayanib xabar berishicha, uning bortida ikki rossiyalik bo‘lgan. Agentlik manbalariga ko‘ra, hodisaga birdaniga ikki dvigatel ham ishdan chiqqani sabab sifatida ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
17:37 / 09.06.2026
Afg‘onistonda davlat xizmatchilariga smartfondan foydalanish taqiqlandi
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
09:00 / 03.06.2026
“Tolibon” va Rossiya: harbiy yaqinlashuv nimani anglatadi?
21:38 / 27.05.2026