Andijon tumani sobiq hokimi sudlangani ma’lum bo‘ldi
Abdujabbor Egamberdiyev hokimlik davrida qabuliga kelganlarga poygakdan joy berishi bilan internetda mashhur bo‘lgandi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi
Oliy sud Andijon tumanining sobiq hokimi Abdujabbor Egamberdiyev qamoqdan ozod qilingani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Marhamat tuman sudining 2023 yil 8 fevraldagi hukmiga muvofiq Abdujabbor Egamberdiyev (1974 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, Andijon tumani xokimi lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi «a» bandi, 207-moddasi 1-qismi va 229-4–moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi 2-qismi va 61-moddasi tartibida 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolish sharti bilan 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.
A.Egamberdiyev va uning himoyachisi tomonidan sudga o‘talmay qolgan mansabdorlik lavozimlari va moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarda ishlash huquqidan mahrum qilish jazosidan Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ozod qilish haqidagi arizasi taqdim etilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltinko‘l tuman sudining 2024 yil 18 yanvardagi ajrimi bilan A.Egamberdiyevning arizasi qanoatlantirilib, u faqatgina o‘talmay qolgan 1 yil 3 oy 16 kun mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilish qo‘shimcha jazosini o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan.
«Bugungi kunda A.Egamberdiyev unga sud hukmi bilan tayinlangan axloq tuzatish ishlari asosiy jazosini belgilangan tartibda probatsiya guruhi hisobida o‘tab kelmoqda.
Bundan ko‘rinadiki, A.Egamberdiyev oqlanmagan va uning oqlangani to‘g‘risida tarqatilgan xabar haqiqatga mos kelmaydi», — deyiladi xabarda.
- Abdujabbor Egamberdiyev muqaddam ko‘p yillar soliq tizimida ishlagan, 2016-2021 yillarda Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lgan 2021-2022 yillarda Andijon tumaniga hokimlik qilgan, 2022 yil sentabrida prezident administratsiyasining sobiq rahbari Sardor Umrzoqov raisligida o‘tgan yig‘ilishda «davlat xizmatchisi etikasiga nomunosib xatti-harakatlari, rahbarlik madaniyatini saqlamagani, o‘tkazilgan qabullarda fuqarolarga hurmatsizlikka yo‘l qo‘ygani va faoliyatidagi boshqa kamchiliklari» uchun Andijon tumani hokimi lavozimidan ozod etilgandi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00
-
«Krasnodar» tarixda birinchi marta Rossiya chempioni bo‘ldi
Sport | 21:00
-
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
Jamiyat | 20:21
-
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
Jahon | 20:02
Mavzuga oid

23:37 / 01.05.2025
Payariq hokimining ta’qibi ortidan qamalgan tadbirkorni Oliy sud ozod qildi

16:21 / 30.04.2025
Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi

20:07 / 22.04.2025
2025 yil birinchi choragida 4,7 ming kishi ozodlikdan mahrum qilindi

16:07 / 16.04.2025