Qayd etilişiça, sessiyada Andijon tumani hokimi lavozimiga Abdujabbor Egamberdiyev tayinlandi.

Abdujabbor Egamberdiyev 1974 yilda Baliqçi tumanida tuğilgan. 1998 yilda Andijon qişloq xöjaligi institutining kunduzgi bölimini tamomlagan.

U 1998-2007 yillarda Uluğnor tumani Davlat soliq inspeksiyasi inspektori, hisobotlar qabul qiliş şu'basi katta inspektori, huquqiy şaxslarni soliqqa tortiş bölimi boşliği, boşliğining birinçi örinbosari, 2007-2009 yillarda Böz tumani Davlat soliq inspeksiyasi boşliği, 2009-2011 yillarda Uluğnor tumani Davlat soliq inspeksiyasi boşliği, 2011-2012 yillarda Qörğontepa tumani Davlat soliq inspeksiyasi boşliği, 2012-2013 yillarda Andijon şahar Davlat soliq inspeksiyasi boşliği bölgan.

Abdujabbor Egamberdiyev 2013 yildan Andijon viloyati hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari sifatida iş boşlagan. Keyinroq bu lavozim bir neça marta özgargan - u 2016-2017 yillarda Andijon viloyati hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantiriş, xizmat körsatiş sohasi va tadbirkorlik masalalari böyiça örinbosari, 2017-2019 yillarda Andijon viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari, 2019-2020 yillarda Andijon viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari, 2020 yildan  Andijon viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş boş boşqarmasi boşliği sifatida işlagan.

Bugun u viloyat hokimi örinbosari lavozimidan ozod etilib, uning örnini şu vaqtgaça Andijon viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliği bölgan Otabek Tursunov egalladi.

Eslatib ötamiz, Andijon tumanini 2012 yildan Uluğbek Isomiddinov boşqargan, 2020 yil aprelida u vazifasidan ozod etilgani xabar qilingandi, ammo hozirgaça bu haqda rasman xabar berilmagandi.