Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fertil yoshidagi ayollar yilda bir marta ko‘rikdan o‘tkaziladi
O‘zbekistonda go‘daklar o‘limini 8,5 dan 4,3 promillegacha kamaytirish rejalashtirilmoqda. Bu - «Aholi salomatligi-2030» milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasida belgilangan.
Tug‘uruq muassasalarida samarali va malakali perinatal yordamni tashkillashtirish maqsadida mavjud 229 ta tug‘uruq muassasalari zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlanadi.
Homiladorlarni erta aniqlash prenatal, perenatal va neonatal skrininglarni o‘z vaqtida o‘tkazish orqali tug‘ma nuqsonlar tufayli o‘lim holatlari kamaytiriladi.
Fertil yoshidagi ayollar yilda bir marta profilaktik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Tibbiyot brigadalarining bolalarni o‘sib rivojlanishi monitoringi hamda universal-progressiv model bo‘yicha kasbiy mahorati tizimli oshiriladi.
Mavzuga oid
22:06 / 10.06.2026
Mutaxassislar 8 soatlik uyqu haqidagi afsonani rad qildi: aslida qancha uxlash kerak?
20:10 / 02.06.2026
Olimlar havodagi plastik zarralari yashirin xavf ekanini aniqladi
22:32 / 01.06.2026
Har kuni qahva ichishning salomatlik uchun 4 ta foydasi
17:17 / 31.05.2026