Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda BMW avtomobili yo‘l yoritgich ustuniga borib urildi
Yakkasaroy tumanida BMW ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. YTH oqibatida avtomashina haydovchisi hamda 2 nafar yo‘lovchisi yengil tan jarohati olgan.
Foto: IIBB axborot xizmati
Joriy yilning 25 yanvar kuni soat 11:30 larda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 1976 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan BMW rusumli avtomashina harakat davomida rul boshqaruvini yo‘qotib, yoritgich ustuniga to‘qnashgan va yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida BMW avtomashinasi haydovchisi hamda 2 nafar yo‘lovchilari yengil tan jarohati olgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishni hamda oraliq masofani saqlab harakatlanishni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
07:58 / 07.03.2026
BMW urib ketgan YPX xodimi ishi: avariya tasvirlari paydo bo‘ldi
13:14 / 05.03.2026
“Bu – qonunchilikni qayta ko‘rib chiqish uchun jiddiy signal” – BMW YPX xodimini urib ketishi voqeasi haqida suhbat
08:49 / 28.02.2026
BMW yong‘in xavfi sabab 330 mingta avtomobilni qaytarib olyapti
08:26 / 27.02.2026