Jahon | 21:25 / 26.01.2024
10943
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Ukrainada 600 mingdan ortiq rossiyalik jang qilayotganini aytdi

Front chizig‘i esa 2 ming km ekanini ta’kidladi. 

Foto: Pavel Bednyakov/POOL/TASS

Uzunligi deyarli 2 ming km bo‘lgan «maxsus harbiy operatsiya» (MHO) hududida 600 mingdan ortiq rossiyalik harbiy xizmatchi bor, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin. 

«Ehtimol, qo‘shimcha e’tibor va yechimlarni talab qiladigan muammolar bordir. Har doim nimanidir tuzatish kerak, chunki jangovar hudud katta - deyarli 2 ming km - va jangovar hududda 600 mingdan ortiq odam bor», dedi u talaba-jangchilar bilan uchrashuvda. 

Putinning so‘zlariga ko‘ra, «maxsus harbiy operatsiya»ni qo‘llab-quvvatlash mexanizmi, boshqa davlat mexanizmlari kabi, «ma’lum ma’muriy xarajatlarni talab qiladi». Shuningdek, u MHO o‘z maqsadlariga erishishiga ishonch bildirdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, MHO urushning boshlanishi emas, balki Ukraina rahbariyati boshlagan urushni tugatishga urinish edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid