Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoning tog‘li qishlog‘ida yarim metr qor yog‘di
Qor hamon yog‘ishda davom etayotgani aytilmoqda.
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida joylashgan qishloqda 50 santimetr qor yog‘gan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati rahbari xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, yarim metr qor Kitob tumanining tog‘li hududida joylashgan Aspiduxtar qishlog‘ida yog‘gan.
“Qor hali ham yog‘ishda davom etmoqda”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Kitob, Shahrisabz va Dehqonobod tumanlarining olis tog‘li qishloqlarida tez-tez qalin qor yog‘ishi kuzatiladi.

Bundan bir necha yil oldin Shahrisabz tumanida joylashgan Ko‘l qishlog‘iga olib boradigan yo‘l qalin qor yog‘ishi tufayli yopilib qolgandi.
Shuningdek, o‘tgan yili Dehqonobod tumanining olis tog‘li hududida joylashgan Do‘konxona qishlog‘ida bir metr qalinlikda qor yog‘gani aytilgandi.
Mavzuga oid
09:31
Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “soxta prokuror“ ushlandi
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
10:33 / 25.05.2026