O‘zbekiston | 18:20 / 01.02.2024
9647
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yog‘gan qor havo sifatini yaxshiladi

O‘zbekistonda bir necha kundan buyon davom etayotgan yog‘ingarchilik fonida shaharlardagi havo sifati yaxshilanishi kuzatilmoqda. Xususan, soat 18:00 holatiga Toshkent shahrida PM2,5 zarralari konsentratsiyasi 1 metr kub havoda 35 mikrogrammni tashkil etmoqda.

Foto: Kun.uz

Bu ko‘rsatkich bilan O‘zbekiston poytaxti IQAir reytingiga kiritilgan dunyo shaharlari orasida havosi eng toza 30 ta shahardan biri bo‘lib turibdi.

IQAir AQShdagi standartlarga asosan PM2,5 zarralarining 50 m3/mkg gacha bo‘lgan ko‘rsatkichini “yashil”, ya’ni salomatlik uchun bezarar toifaga kiritgan. Bu zarralar bo‘yicha Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiya etgan me’yor – 5 m3/mkg.

Portaldagi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShdagi standartlar bo‘yicha hisoblaganda, oxirgi 1 oyda Toshkentda 8 kun havo sifati salomatlik uchun “xavfli”, 9 kun “zaif guruhlar uchun xavfli”, 13 kun “o‘rtacha” darajada bo‘lgan.

Toshkentdagi havo sifatini o‘lchovchi qurilmalardan olingan ma’lumotlar (uglerod oksidi, azot, PM10, PM2,5 va boshqalar) asosidagi havo sifati indeksi (AQSh standarti bo‘yicha), 1 fevral soat 17:00 holatiga. / IQAir portalidan skrinshot
Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid