Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 2023 yilda eng ko‘p qo‘yilgan ismlar ma’lum bo‘ldi
Sofiya ismi 2023 yil Rossiyada tug‘ilgan qizaloqlar orasida eng mashhur ism bo‘ldi. Bu haqda «Snob» xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilda Rossiyada 1 921 831 chaqaloq dunyoga kelgan. Qizaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ism Sofiya — 24 065. Top uchlikdan Yeva (19 142) va Anna (18 398) ismlari o‘rin olgan. Kuchli beshlikka Mariya (16 800) va Viktoriya (15 971) ismlari ham kirgan.
O‘g‘il bolalarga eng ko‘p qo‘yilgan ism esa Mixail — 23 645. Top beshlikdan Artyom (22 790), Aleksandr (22 682), Matvey (18 837) va Maksim (17 399) o‘rin olgan.
«FXDYo reyestri» portaliga ko‘ra, 2023 yilda Rossiyada 15 995 egizaklar dunyoga kelgan. Onalarning o‘rtacha yoshi 29,7, otalarniki esa 29,3 yoshni tashkil qilgan. Dunyoga kelgan 1 921 831 chaqaloqlarning 52 foizini o‘g‘il bolalar, 48 foizini esa qizaloqlar tashkil qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xanti-Mansilar muxtor okrugida 2023 yilda Muhammad ismi o‘g‘il bolalarga eng ko‘p qo‘yilgan ism bo‘lgandi.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025