2023 yilda Xanti-Mansilar muxtor okrugi - Yugrada 348 nafar yangi tuğilgan çaqaloq Muhammad ismi bilan berilgan tuğilganlik haqidagi guvohnomani oldi. 

Qizlar örtasida Sofiya yetakçilik qilmoqda: 305 nafar yangi tuğilgan çaqaloq şu nom ostida röyxatga olingan. Bu haqda Ura.ru mahalliy FHDYo ma’lumotlariga tayanib xabar berdi. 

Şuningdek, 2023 yilda eng köp qöyilgan öğil bolalar ismlari qatoriga Aleksandr (295 çaqaloq bu nomni oldi), Mixail, Matvey, Artyom ham kirdi. Eng köp qöyilgan qiz bolalar ismlari orasida Yeva (241 yangi tuğilgan çaqaloqqa şunday nom berilgan), Anna, Mariya, Omina bor.

Ma’lumot uçun, Xanti-mansilar muxtor okrugi (1940 yilgaça Ostyak-vogullar milliy okrugi) - Rossiya Federatsiyasi Tyumen viloyatidagi muxtor okrug. 1930 yil 10 dekabrda taşkil etilgan. 

Aholisi 1,4 mln kişi (2002), xantilar, mansilar, ruslar, ukrainlar, tatarlar va boşqa millat vakillari yaşaydi. Markazi — Xanti-Mansiysk. Asosiy şaharlari — Surgut, Nijnevartovsk, Nefteyugansk.