Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda Janubiy Koreyaning Sonmun universiteti filiali ochiladi
Filialda dastlab IT va sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan beshta yo‘nalishda o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.
Janubiy Koreyaning yetakchi universiteti Sirdaryoda o‘z filialini ochadigan bo‘ldi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda bo‘lib turgan Janubiy Koreyaning Sonmun universiteti prezidenti Son Jye Mun boshchiligidagi delegatsiya Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev bilan muzokaralar o‘tkazgan.
Muloqot davomida 2023 yil dekabr oyida viloyat vakillarining mazkur nufuzli universitetga tashrifi hamda erishilgan dastlabki kelishuvlarning amaliy jihatlari muhokama qilingan. Shuningdek, Son Jye Mun Sirdaryoda universitet filialini tashkil etish taklifini bildirgan.

Ta’lim muassasasi filialida dastlab IT va sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan beshta dolzarb yo‘nalishda o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. Filialni sanoat tarmoqlariga tayyor mutaxassislarni tayyorlovchi ta’lim klasteriga aylantirish ko‘zda tutilgan. Buning uchun ta’lim jarayonlari ishlab chiqarish bilan to‘liq integratsiya qilinadi.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha Hamkorlik memorandumi imzolangan.
Oldinroq Chirchiqda Janubiy Qozog‘iston universitetining filiali tashkil etilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
22:59 / 05.05.2026
"Singlimni xo‘rlashgan": Sirdaryodagi mudhish qotillik haqida reportaj
19:28 / 01.05.2026