Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuvaytga O‘zbekistonning yangi elchisi tayinlandi
Tashqi ishlar vazirligining konsullik-huquqiy departamenti boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan Ayubxon Yunusov O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchisi sifatida ish boshladi.
O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Ayubxon Yunusov Kuvayt poytaxtiga yetib bordi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar qilmoqda.
50 yoshli Ayubxon Yunusov Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, «Al-Azhar» universiteti (Misr), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Xalqaro huquq, islomshunoslik, arab filologiyasi singari mutaxassisliklarga ega. Yuridik fanlar nomzodi.
2003 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida turli lavozimlarda, jumladan, markaziy apparatda, Saudiya Arabistonidagi elchixonada, Jidda shahri va Dubaydagi Bosh konsulliklarda ishlagan. Kuvaytga elchi sifatida tayinlanishidan oldin u Tashqi ishlar vazirligining konsullik-huquqiy departamenti boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ayubxon Yunusov 2016-2022 yillarda O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchisi bo‘lib ishlagan Bahromjon Aloyev o‘rniga tayinlangan.
Oldinroq O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi tayinlangandi.
Mavzuga oid
08:55 / 06.06.2026
Eron Kuvayt va Bahrayn tomon yettita ballistik raketa uchirdi
08:51 / 04.06.2026
Kuvaytda Eron hujumi oqibatida 1 kishi vafot etdi, o‘nlab insonlar jarohatlangan
12:06 / 03.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida zarbalar almashinuvi davom etmoqda
09:38 / 07.04.2026