Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parijda yo‘ltanlamas avtomobillar uchun «parkovka» to‘lovi 3 baravar oshiriladi
To‘lovlar oshirilishidan asosiy maqsad – mazkur turdagi avtomobillarning havo ifloslantirishiga qarshi kurashish. Shuningdek, yo‘ltanlamaslar piyodalar uchun oddiy mashinadan ikki baravar xavfliroq ekaniga ham urg‘u berilgan.
Parijliklar shahar referendumida yo‘ltanlamas avtomobillar uchun avtoturargohlardan foydalanish narxini 3 barobar oshirishni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
To‘lovlar oshirilishidan asosiy maqsad – mazkur turdagi avtomobillarning havo ifloslantirishiga qarshi kurashish. Narxlar Parijning markaziy tumanlarida soatiga 18 yevrogacha, qolgan qismlarida esa 12 yevrogacha oshadi. Tariflar og‘irligi 1,6 tonnadan ortiq an’anaviy va gibrid dvigatelli transport vositalariga, shuningdek, og‘irligi ikki tonnadan ortiq bo‘lgan elektromobillarga nisbatan qo‘llanadi.
Referendumda ovoz berishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan 1,3 mln parijlikning taxminan 6 foizi qatnashgan. Ularning 54,6 foizi yangi tartibni qo‘llab-quvvatlagan.
Ekologik vaziyatni yaxshilashdan tashqari, yo‘ltanlamaslar piyodalar uchun oddiy mashinadan ikki baravar xavfliroq ekaniga ham urg‘u berilgan.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
23:08 / 21.05.2026
Parij Falastin xalqiga faxriy fuqarolik bermoqchi
08:32 / 21.05.2026