Dizel yonilg‘isi narxi 15 foizga arzonlashadi
«O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi Bahodir Siddiqovning ma’lum qilishicha, 2024 yilda 680 ming tonna dizel yonilg‘isi fermer xo‘jaliklariga yetkazib beriladi. Shuningdek, ushbu mahsulotning birjaga qo‘yiladigan narxlari 15 foizga arzonlashtiriladi.

Foto: Depositphotos
Dizel yonilg‘isi narxi 15 foizga arzonlashadi va ishlab chiqarish 200 ming tonnagacha oshiriladi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi Bahodir Siddiqov ma’lum qildi.
«Davlatimiz rahbari boshchiligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab berildi. Asosiy ishlardan biri tannarxni kamaytirish. Bu boradagi asosiy xarajatlardan biri dizel yonilg‘isi bilan bog‘liq. «O‘zbekneftgaz» oldiga 2024 yilda 680 ming tonna dizel yonilg‘isini sifatli va arzonlashtirilgan narxlarda fermer xo‘jaliklariga yetkazib berish vazifasi qo‘yildi. Ushbu vazifani bajarish ta’minlanadi. Biz 2024 yilda 2023 yilga nisbatan qo‘shimcha 200 ming tonna dizel yonilg‘isini ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz.
Biz dizel yonilg‘isining birjaga qo‘yiladigan narxlarini 15 foizga kamaytirish bo‘yicha hamma choralarni ko‘ryapmiz. Ushbu mahsulotning sifati va o‘z vaqtida yetkazib berilishini ta’minlash uchun yangicha tartib o‘rnatamiz. Bu tartib orqali hududlar kesimida «O‘zbekneftgaz»ning markaziy apparati va neftbazalari, bundan tashqari fermerlarga xizmat ko‘rsatuvchi yonilg‘i quyish shoxobchalaridagi mas’ullarning alohida mas’uliyatini belgilab beramiz», dedi Bahodir Siddiqov.
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Talabalar festivali» o‘tkazilishi sabab Olmazor tumanidagi ko‘cha vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 19:49
-
Xitoyda itlar uchun birinchi fitnes-markaz qurildi
Jahon | 19:22
-
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
Jahon | 19:20
-
Bayden saratonga chalingani haqidagi xabarlarga izoh berdi
Jahon | 19:09
Mavzuga oid

15:41
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi

21:05 / 27.03.2025
Buxoro neft zavodi jarimaga tortilgan. Raqobat qo‘mitasi tafsilotlarni ochiqlamadi

17:46 / 17.02.2025
Davlatga qarashli bir qator yirik kompaniyalar yanvarda soliq to‘lashni qisqartirdi

23:49 / 10.02.2025