O‘zbekiston | 10:47 / 18.02.2024
7562
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondan Britaniyaga hamshiralar ishga yuboriladi

Bu masalada ish beruvchi tashkilot bilan kelishuvga erishilgan.

Endi O‘zbekistondan Britaniyaga hamshiralar ham ishga yuboriladi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiya agentligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, agentlik bu masalada britaniyalik ish beruvchi tashkilot bilan kelishuvga erishgan.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiya agentligi ko‘plab yurtdoshlarimiz murojaatlaridan kelib chiqib, Buyuk Britaniyaga tibbiyot sohasiga hamshiralarni ishga jalb qilish bo‘yicha ish beruvchi tashkilot bilan kelishuvga erishdi. Ushbu kelishuvga muvofiq, yaqin kunlarda ingliz tilini biladigan hamshiralar uchun Buyuk Britaniyada ishlash bo‘yicha e’lon berilishi rejalashtirilmoqda”, deyiladi agentlik tarqatgan xabarda.

Ma’lumot uchun, shu paytgacha O‘zbekistondan Britaniyaga asosan qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qilish uchun odam yuborilayotgandi.

Avvalroq o‘zbekistonliklar uchun Janubiy Koreya qariyb 40 mingta bo‘sh ish o‘rni taklif etayotgani, Germaniyaga esa 50 ming odam yuborilishi mumkinligi xabar berilgandi.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid