Kutishga vaqt yo‘q: Borrel Kiyevga yordamni tezlashtirishga chaqirdi
Yevropa diplomatiyasi rahbari Yevropa Ittifoqini Kiyevni yangi qurollar bilan ta’minlashda ikkilanayotgani uchun qoraladi. Endi kutishga vaqt qolmadi: urushdagi vaziyatni uch oy ichida hal qilish mumkin, deb hisoblaydi Borrel.
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Myunxen xavfsizlik konferensiyasi ishtirokchilarini Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi, chunki kutishga vaqt qolmadi. 18 fevral, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan anjumandagi davra suhbatida u «biz urush holatidamiz» dedi va mojaro bir necha oy ichida jang maydonida hal etilishi mumkinligini aytdi.
«Har bir yevropalik biz urush holatida ekanligimizni tushunishi kerak», dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yaqinda o‘tgan bahordan beri eng yirik g‘alabalaridan birini qo‘lga kiritgan Ukrainadagi vaziyat «bizdan tezroq va yaxshiroq hamkorlik qilishni», «ko‘proq chaqqonroq va to‘g‘ridan to‘g‘ri» bo‘lishni talab qilmoqda.
Jozep Borrelning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi Kiyevga yangi turdagi qurollarni yetkazib berishda «juda ko‘p» ikkilanib, mojaro kuchayishidan qo‘rqdi, agar u qat’iyroq harakat qilganida edi, jang maydonidagi vaziyat boshqacha rivojlanishi mumkin edi.
«Uch oy ichida hammasi harbiy jabhada hal bo‘ladi. Biz «Kelinglar, kutamiz va Yevropa saylovlarida nima bo‘lishini ko‘ramiz» yoki «batafsilroq ma’lumot olishni xohlaymiz» deb ayta olmaymiz... Biz boshqa siyosiy o‘lchamdamiz», - deydi Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha oliy vakil.
Mavzuga oid
14:32 / 20.12.2024
Yevroittifoq Kiyevga qo‘shimcha 30 mlrd yevro ajratmoqchi
07:52 / 19.12.2024
NATO Kiyevga harbiy yordamni muvofiqlashtirishni o‘z zimmasiga oldi
14:03 / 12.12.2024
Vengriya Moskva va Kiyevga sulh tuzishni taklif qildi
08:50 / 11.12.2024