Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Sobiq o‘rinbosar yanvar oyida prezident tanqidiga uchragandi.
Elbek Istamovich G‘afforov 2024 yil 19 fevraldan Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Navoiy viloyat Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, E.G‘afforov 1989 yilda Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida tug‘ilgan. 2011 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutining «Xalqaro munosabatlar» yo‘nalishini tamomlagan. Rus, ingliz tillarini mukammal biladi.
- Navoiy viloyati investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida 2023 yil may oyidan buyon Islomiddin Norimov ishlab kelayotgandi. 2024 yil yanvar oyida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektorda yana uch viloyat hokimining investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari qatorida Norimovga nisbatan ham intizomiy chora ko‘rish bo‘yicha topshiriq berilgandi.
Mavzuga oid
15:46 / 14.07.2026
NKMK ishchisi gilam bo‘laklari yordamida 35 mln so‘mlik oltinni o‘g‘irlashga urindi
13:58 / 14.07.2026
Navoiyning ham ayrim hududlarida bog‘chalar vaqtincha yopildi
14:33 / 09.07.2026
Tergov izolyatorida vafot etgan navoiylik tadbirkor firibgarlik ayblovi bo‘yicha oqlandi
13:31 / 04.07.2026