Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navalniyning jasadi yana ikki hafta davomida oilasiga ko‘rsatilmaydi
Tergovchilar Aleksey Navalniyning jasadini kimyoviy ekspertizadan o‘tkazmoqda, u 14 kun davom etadi, dedi marhum siyosatchining tarafdorlari.
Tergovchilar Aleksey Navalniyning jasadini uning onasi Lyudmilaga berishdan bosh tortdi. Rossiyalik muxolifatchining tarafdorlari 19 fevral, dushanba kuni xabar berganidek, unga nisbatan yana 14 kun davomida «kimyoviy ekspertiza» o‘tkaziladi.
«Yana takror aytaman: Navalniyning jasadi qotillik izlarini berkitish uchun yashirilgan. 14 kunlik «kimyoviy tekshiruv» ochiqdan-ochiq yolg‘on va masxarabozlikdir», - deb yozdi Navalniyning matbuot kotibi Kira Yarmish X ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z akkauntida. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish jamg‘armasi (FBK) rahbari Ivan Jdanov ham ma’lum qildi.
Aleksey Navalniyning jasadi bir necha kun davomida qidirildi
17 fevral kuni kechqurun Navalniyning matbuot kotibi DW bilan suhbatda Salexardda sodir bo‘layotgan voqealarni izohlar ekan, shunday dedi: «Biz Aleksey Navalniyning jasadi qayerdaligini tushunmayapmiz, u oilasiga berilmayapti. Bundan tashqari, hech kim u jismonan qayerda joylashganligini aytmayapti».
Yarmish so‘zlariga ko‘ra, siyosatchi o‘limining ertasiga koloniya xodimlari uning advokati va onasiga jasad Salexard o‘likxonasida ekanligini, Tergov qo‘mitasi xodimlari uni o‘sha yerga olib ketganini aytgan. 19 fevral kuni ertalab Lyudmila Navalnaya va uning advokatlari o‘likxonaga kirmoqchi bo‘ldi, biroq ularni ichkariga kiritishmadi: «Advokatlardan birini tom ma’noda tashqariga chiqarib yuborishdi», dedi matbuot kotibi.
50 mingdan ortiq kishi Navalniyning jasadini oilasiga topshirishni talab qildi.
Mavzuga oid
16:10 / 10.03.2026
Navalniy jamoasi jasad yorilishi bo‘yicha materiallarni oshkor qildi
16:35 / 17.02.2026
Kreml Navalniyning zaharlanishi haqidagi ayblovlarni “qat’iy” rad etdi
11:54 / 17.02.2026
15 davlat Navalniyning o‘limini tergov qilishni talab etmoqda
11:04 / 16.02.2026