Jahon | 13:20 / 21.02.2024
2775
1 daqiqa o‘qiladi

Ar-Riyod va Jiddada O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi

Mamlakat elchixonasi ko‘magi O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni madaniyat vazirliklari mas’ul vakillarining onlayn uchrashuvi tashkil etildi.

Foto: Kun.uz

«Dunyo» xabariga ko‘ra, unda ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada kengaytirish, o‘tkazilayotgan xalqaro tanlov va festivallarda o‘zaro delegatsiyalar ishtirokini ta’minlash va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Mamlakat vakillari Ar-Riyod va Jidda shaharlarida O‘zbekiston madaniyati kunlarini o‘tkazish taklifini ilgari surdi.

Saudiya Arabistoni madaniyat vazirining maslahatchisi Xolid ar-Rushud mazkur tadbirni Saudiyada o‘tkazish ikki qardosh mamlakat xalqlariga qadimiy tarixga ega bo‘lgan madaniyatni tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Tomonlar Saudiya Arabistonida O‘zbekiston madaniyat kunlarini o‘tkazish muddati va tashkiliy jihatlari xususida fikr almashdi.

Uchrashuv yakunida Saudiya tomoni bilan ushbu taklifni puxta ishlab chiqish yuzasidan muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid