Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaning AJet aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvoz qilishga ruxsat oldi
Aviakompaniya Anqara-Toshkent-Anqara yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshiradi.
Turkiyaning AJet aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishga ruxsat berildi. Bu haqda «O‘zaviatsiya» xabar berdi.
Qayd qilinishicha, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi Hukumatlararo bitim asosida, 2024 yil 21 fevralda «O‘zaviatsiya» agentligi tomonidan AJet aviakompaniyasiga Anqara-Toshkent-Anqara yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga muntazam parvozlarini amalga oshirishga ruxsat berildi. Parvozlar Boeing 737-800 samolyotlarida amalga oshiriladi.
AJet (sobiq AnadoluJet) Turkiyaning loukoster (arzon narxli) aviakompaniyasi bo‘lib, Turkish Airlines tarkibiga kiradi. Aviakompaniya 2008 yilda tuzilgan. 2020 yildan xalqaro parvozlarni amalga oshirmoqda.
Mavzuga oid
10:51
Turk farmkompaniyalari O‘zbekiston bozoriga kirish bo‘yicha muzokara boshladi
02:08 / 12.01.2026
Oilada kamida uch nafar farzand bo‘lishi kerak – Erdo‘g‘an
14:59 / 09.01.2026
Qora dengizda dron zarbasi oqibatida Elbus tankeri shikastlandi
20:24 / 05.01.2026