Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda nosoz svetofor sabab haydovchiga kelgan jarima bekor qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda nosoz svetofor sabab haydovchiga jarima kelgani haqida xabarlar tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati holat yuzasidan izoh berdi.
Qayd etilishicha, videoda svetoforda sariq ishorada nosozlik kuzatilgani va buning oqibatida haydovchi chalg‘ib harakatlanib yuborgani aks etgan. Holat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan batafsil o‘rganilgan.
Mazkur vaziyatda svetoforda kuzatilgan nosozlik inobatga olinib, holat bo‘yicha tasdiqlangan jarima solish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish bo‘yicha choralar ko‘rildi. Holatni o‘rganishda yetarlicha jihatlarga e’tibor bermagani uchun Toshkent viloyati IIB jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining mas’ul xodimiga nisbatan tekshiruv ishlari olib borilishi belgilandi.
Mavzuga oid
11:49 / 20.05.2026
5 ming so‘mlik kolbasalar: ogohlantirish va jarima yetarli chorami?
18:55 / 15.05.2026
Toshkentda noto‘g‘ri «parkovka» qilingan avtomobillar jarima maydoniga olib ketiladi
11:36 / 14.05.2026
Yuridik shaxslarga jarima qo‘llash tartibi o‘zgaradi
12:21 / 09.05.2026