Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda o‘zbekistonlik haydovchi killer tomonidan adashib o‘ldirilgani aniqlandi
Qotil advokatni o‘ldirmoqchi bo‘lgan, ammo adashib, uning haydovchisini otib tashlagan.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi Sankt-Peterburgda advokatni o‘ldirish uchun yollangan, ammo adashib, uning haydovchisini otib tashlagan gumondorni qo‘lga oldi. Jabrlanuvchi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, olgan jarohatlaridan shifoxonada vafot etgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 58 yoshli advokat 51 yoshli tadbirkor bilan «ish yuzasidan» janjallashib qolgan. So‘ngra, tadbirkor avval sudlangan 50 yoshli do‘stiga 5 million rubl evaziga advokatni «yo‘q qilishni» buyurgan. Ammo ijrochi oxir-oqibat advokatni uning shaxsiy haydovchisi bilan adashtirib yuborgan. O‘zbekistonlik haydovchi advokatga tegishli Toyota Camry avtomobilida uning farzandini maktabga olib borganida killer uni to‘pponchadan otib tashlagan.
Jabrlanuvchi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan, biroq ikki kundan keyin vafot etgan.
Tergov qo‘mitasi qotillikka suiqasd fakti bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgani ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
21:16 / 15.06.2026
Ohangaronda IIB xodimlari pichoqlandi
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
09:15 / 10.06.2026