Saida Mirziyoyeva Qatar bosh vaziri bilan ko‘rishdi
Saida Mirziyoyeva va Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy uchrashuvi chog‘ida o‘zaro aloqalar 2023 yili yangi bosqichga o‘tgani ta’kidlandi.
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Doha shahrida Qatar bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy bilan uchrashdi.
“Biz O‘zbekiston-Qatar munosabatlarini rivojlantirish istiqbollarini, shuningdek, kelgusi tadbirlar jadvalini batafsil muhokama qildik”, deb yozdi u.
Suhbat chog‘ida o‘zaro aloqalar 2023 yili yangi bosqichga o‘tgani ta’kidlandi.
“Samarqand (2023 yil 5-6 iyun) va Doha (2023 yil 2 oktyabr) sammitlari tarixiy ahamiyat kasb etib, hamkorlikning yangi qirralariga eshik ochdi. O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasidagi munosabatlarda mutlaqo yangi davr boshlandi, deya olamiz.
Biz o‘zaro madaniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdormiz. Qatarlik hamkorlar bilan mustahkam rishtalar bog‘lanib, qo‘shma loyihalar faol amalga oshiriladi, degan niyatdamiz”, dedi Saida Mirziyoyeva.
24 fevral kuni Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Qatarning Doha shahridagi dizayn biyennalesida “Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana” ko‘rgazma loyihasini taqdim etdi. Unda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ham ishtirok etdi.
Mavzuga oid
11:16
«Qatarga Osiyo chempioni sifatida qaramasligimiz kerak»
20:17 / 12.11.2024
G‘azodagi urush: Qatar o‘rtadan chiqdi, lekin HAMAS ofisini yopmaydi
17:46 / 10.11.2024
Qatar Isroil va Hamas o‘rtasidagi vositachilikni to‘xtatdi
23:45 / 08.11.2024