Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, madaniy diplomatiyani kengaytirish, mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va hamjihatlikni mustahkamlashda yoshlarning o‘rni kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, muloqot davomida yuqori texnologiyalar sohasidagi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinib, mazkur sohada qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi.