Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada Qur’onni yoqib yuborgan yigit 3,5 yilga qamaldi
Sud Chechenistonda o‘tkazildi. Tergov paytida Ramzon Qodirovning o‘g‘li gumondorni do‘pposlagan edi.
Rossiyaning Grozniy shahri sudi 2023 yil may oyida Volgogradda Qur’onni yoqib yuborgan Nikita Juravelni 3,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb yozdi TASS.
U jazoni umumiy rejimdagi axloq tuzatish koloniyasida o‘tashi belgilandi.
Juravel Jinoyat kodeksining diniy marosimlar o‘tkaziladigan joylarda dindorlarning his-tuyg‘ularini ommaviy haqorat qilish va oldindan til biriktirib, bir guruh shaxslar bilan bezorilik qilish moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.
Juravelga qarshi sud «Checheniston Respublikasi aholisining ko‘plab murojaatlari» tufayli Chechenistonda o‘tkazildi. Grozniylik 13 imom bu ishda jabrlanuvchi sifatida tan olingan.
Juravel 2023 yil may oyida Volgogradda masjid oldida Qur’onni yoqib yuborgani uchun hibsga olingan edi. So‘roq paytida u buni Ukraina maxsus xizmatlari ko‘rsatmasi bilan pul uchun qilganini tan oldi. Jinoiy ish tergovi Tergov qo‘mitasining Checheniston Respublikasi bo‘yicha bo‘limiga topshirildi. Keyinroq u Grozniy tergov izolyatoriga olib ketildi.
2023 yil yozida Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning 15 yoshli o‘g‘li Adam tergov izolyatorida Juravelni kaltakladi. Qodirov do‘pposlash tasvirlarini e’lon qildi va o‘g‘lining bu ishidan faxrlanishini aytdi.
Shundan so‘ng Adam Qodirov bir qancha mukofotlarga sazovor bo‘ldi, otasining xavfsizlik xizmatida lavozimni egalladi va Rossiya Mudofaa vazirligi tarkibidagi «Shayx Mansur» batalyoniga rahbarlik qila boshladi. Unga Checheniston Qahramoni unvoni ham berildi.
Dekabr oyida Ramzan Qodirov sud uning o‘g‘lini jazolashga qaror qilmaganini, Checheniston rasmiylari ham bu bilan shug‘ullanmasligi kerakligini aytdi.
Mavzuga oid
08:33 / 13.02.2026
OAV: YTHdan keyin Adam Qodirovning talog‘i olib tashlangan
07:28 / 18.01.2026
Qodirov YTH haqidagi xabar ortidan o‘g‘li Adam aks etgan videoni e’lon qildi
23:31 / 16.01.2026
Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning o‘g‘li Adam og‘ir «avariya»ga uchragani aytildi
19:29 / 22.09.2025