Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek pazandachilik san’ati muzeyi tashkil etiladi
“Gastronomik turizmni va o‘zbek milliy pazandachiligi san’atini yanada ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Quyidagilar O‘zbekistonning gastronomik turizm salohiyati va milliy pazandachilik san’atini ommalashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanadi:
- O‘zbekistonning gastronomik turizm salohiyatini keng targ‘ib etish orqali mamlakatga tashrif buyurayotgan sayyohlar oqimini oshirish;
- milliy pazandachilikni sanat darajasiga ko‘tarish va “O‘zbek milliy taomlari brendini” yaratish;
- gastronomik turizm yo‘nalishda xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada takomillashtirish.
Turizm qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasining uyushma huzurida Xalqaro o‘zbek pazandachilik san’ati markazi hamda O‘zbek pazandachilik san’ati muzeyini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.
Uyushmaga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklanadi:
- gastronomik turizmni yanada ommalashtirish va xalqaro darajadagi oshpazlarni tayyorlash ishlarini tashkil etish;
- zamonaviy talablarga muvofiq sohada oshpazlar, pazandalar, qandolatchilar, ofitsiantlar va boshqa mutaxassislarini tayyorlash, ularning kasbiy malakalarini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini tizimli ravishda tashkil etish;
- umumiy ovqatlanish tarmog‘ini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- xalqaro ko‘rgazmalarida qatnashish orqali o‘zbek pazandachiligi san’atini targ‘ib qilish va ijobiy nufuzini oshirish;
- respublikada, shu jumladan hududlarda umumiy ovqatlanishni tashkil etishga oid tanlovlar, ko‘rgazmalar, festivallar va maxsus kunlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish;
- sohani raqamlashtirish va axborot xizmatlarini tashkil etish, maxsus nashrlar, kitoblar, jurnallar va bukletlar, elektron nashrlarni tayyorlash va shu jumladan xorijiy mamlakatlarda tarqatish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida faol yoritish;
- umumiy ovqatlanish korxonalar faoliyatiga va taraqqiyotiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni aniqlash, tahlil qilish, ularni bartaraf qilish bo‘yicha vakolatli davlat organlariga takliflar tayyorlash hamda o‘z vakolati doirasida tadbirlarni amalga oshirish;
- umumiy ovqatlanish sohasida ilmiy salohiyatga ega oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
- xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan sohasiga doir barcha anjumanlar, simpoziumlar, kongresslar, ko‘rik-tanlovlar, festivallarda o‘z a’zolari ishtirok etishini ta’minlash.
Mavzuga oid
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
20:26 / 29.05.2026