Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiya Chexiyaning Kiyev uchun o‘q-dorilar tashabbusini to‘lab beradi
Belgiya Ukraina uchun 800 ming o‘q-dori sotib olishga 200 million yevro ajratmoqda, dedi qirollik bosh vaziri Aleksandr De Kru.
Belgiya Ukraina uchun 800 ming o‘q-dori sotib olishga 200 million yevro ajratadi, uni chet elda sotib olish imkoniyatini Chexiya prezidenti Petr Pavel fevral oyi o‘rtalarida Myunxen xavfsizlik konferensiyasi (MSC)da e’lon qilgan edi. Bu haqda Belgiya bosh vaziri Aleksandr De Kruning 28 fevral, chorshanba kuni X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgan bayonotida aytiladi.
MSC’da Ukraina bo‘yicha muhokamalar chog‘ida Pavel o‘q-dorilarni yetkazib berish bir necha hafta ichida amalga oshirilishi mumkinligini, moliyalashtirish Kiyevning G‘arbdagi ittifoqchilari tomonidan taqdim etilishini ta’kidladi. Chexiya davlati rahbarining aniqlik kiritishicha, gap 155 mm kalibrli 500 000 ta artilleriya snaryadlari va 122 mm kalibrli 300 000 ta snaryadlar haqida ketmoqda.
Pavel xaridlar qaysi mamlakatlarda amalga oshirilishi mumkinligini aniqlashtirmadi. Ayni paytda, fevral oyi boshida Politico internet nashri Chexiya Janubiy Koreya, Turkiya va JARda o‘q-dorilar bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida yozgan edi.
UQKda o‘q-dorilarning yetishmasligi
Chexiya prezidenti Myunxen konferensiyasida so‘zlagan nutqida Ukrainadagi vaziyatni «murakkab» deb atadi va o‘tgan yildan beri u juda o‘zgarganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ko‘p xatolardan saboq oldi, taktikani o‘zgartirdi va iqtisodiyotni urush holatiga keltirdi. «Rossiya inson resurslari haqida qayg‘urmaydi va prezidentlik saylovlarigacha ko‘zga ko‘rinadigan muvaffaqiyatlarga erishish uchun harakat qilmoqda», dedi Petr Pavel.
Ayni paytda UQK haqiqatan ham o‘q-dorilarni tejash zaruratiga, shu jumladan AQSh va Yevropa Ittifoqidan Ukrainaga harbiy yordamni muvofiqlashtirishdagi kechikishlar tufayli duch kelmoqda.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17 / 19.06.2026
Solovyov dronlar hujumini tasvirga olganlarni qamashni talab qildi
08:58 / 19.06.2026