Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ittifoqida boshpana bo‘yicha rekord darajada arizalar kelib tushdi
Yevropa Ittifoqi, Norvegiya va Shveytsariyada boshpana so‘rab murojaat qilganlar soni 2016 yildan beri birinchi marta yana 1 milliondan oshdi. Murojaatchilarning aksariyati Suriya va Afg‘onistondan.
2023 yilda Yevropa Ittifoqi, shuningdek, Shveytsariya va Norvegiya bo‘ylab 1,14 million kishi boshpana so‘rab murojaat qilgan, bu urushdan vayron bo‘lgan Suriyadan qochqinlar oqimi Yevropaga kelgan 2016 yildan beri rekord ko‘rsatkichdir, Bunday ma’lumotlar 28 fevral, chorshanba kuni Yevropa Ittifoqining boshpana masalalari bo‘yicha agentligi (EUAA) tomonidan e’lon qilindi.
O‘tgan bir necha yildagidek, Suriya fuqarolari eng ko‘p – 181 ming so‘rov yuborgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 38 foizga ortiqdir. Afg‘onistondan kelgan qochqinlar ikkinchi o‘rinda qolmoqda - 114 ming ariza. 2023 yil oxirida Falastin hududi aholisining himoyaga muhtojligi ham oshdi.
Turkiya fuqarolari tomonidan berilgan boshpana so‘rovlari soni ham sezilarli darajada ortdi: 101 mingta, bu 2022 yilga nisbatan 82 foizga ko‘p. O‘tgan yilga nisbatan boshpana so‘rab murojaat qilganlarning umumiy soni 18 foizga ko‘paydi. Mutlaq raqamlarda eng ko‘p arizalar Germaniya (334 000), Fransiya (167 000), Ispaniya (162 000), Italiyada (136 000) berilgan bo‘lib, bu to‘rtta davlatning o‘zida barcha arizalar uchdan ikki qismdan ko‘proqni tashkil qiladi.
Qabul qiluvchi mamlakat aholisiga nisbatan Kipr birinchi o‘rinni egalladi: 12 000 ta ariza, ya’ni har 78 kishiga bitta - Germaniyadan uch baravar ko‘p.
Maltada joylashgan Yevropa Ittifoqi boshpana agentligining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainadan bo‘lgan 4,4 million urush qochqinlari Yevropa Ittifoqida vaqtinchalik himoyaga ega.
Mavzuga oid
08:58 / 19.06.2026
Orbansiz sammit: YeI Ukraina bo‘yicha yagona pozitsiyaga keldi
08:22 / 19.06.2026
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ilk bor bir yilga uzaytirdi
09:45 / 16.06.2026
Ukraina va Moldova YeI a’zoligi sari yana bir qadam tashladi
08:58 / 04.06.2026