Hozirda yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda Damas yonib ketdi
Namangan shahrida 3 mart kuni soat 12:26 da Damas avtomashinasi yonib ketdi. Bu haqda Namangan FVB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa Namangan shahar Yangi Namangan tumani «Ishonch» MFYda joylashgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasida sodir bo‘lgan. Ustaxonaga ta’mirlash uchun olib kelingan Damas’da yong‘in sodir bo‘lgach, ustaxona ishchilari va yon atrofdagi kishilar tomonidan o‘chirilgan.
Sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan qutqaruvchilarga xabar o‘z vaqtida bormagan va voqeada tan jarohati olganlar yo‘q.
Mavzuga oid
12:23 / 22.06.2026
Toshkent viloyatida avtoqismlar do‘konida yong‘in chiqdi
11:00 / 22.06.2026
Andijonda yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘ldi
13:40 / 19.06.2026
O‘zboshimchalik bilan saqlangan solyarka portlagan – Yozyovondan reportaj
10:25 / 17.06.2026