Andijon shahrining sobiq hokimi Bahromjon Haydarov vafot etdi
U jinoiy sheriklari bilan 48 mlrd so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda ayblanib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgandi. Marhumning o‘limi jazoni ijro etish muassasasida ro‘y bergan. Sobiq hokimning o‘limiga nima sabab bo‘lgani hozircha ma’lum emas.

Foto: Kun.uz
Andijon shahrining sobiq hokimi Bahromjon Haydarov qamoqxonada vafot etgan. Buni Kun.uz’ning Andijon viloyati hokimligidagi manbasi tasdiqladi. Uning o‘limiga nima sabab bo‘lgani hozircha ma’lum emas.
2019 yil 8 oktyabrdan Andijon shahar hokimi lavozimiga rasman kirishgan Bahromjon Haydarov 2022 yilning iyun oyida jinoyat qilganlikda ayblanib, protsessual tartibda ushlangandi.
Haydarov viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan vaqtda sheriklari bilan 48 mlrd so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan. Tergov ishi doirasida 37 nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, ularning 32 nafari qamoqqa olingan.
Shuningdek, Bahromjon Haydarov hokim sifatida ham yer ajratish bilan bog‘liq qonunbuzarliklar oqibatida davlat manfaatlariga 1,7 mlrd so‘mdan ortiq zarar keltirgani ma’lum qilingandi.
Avvalroq sud hukmi bilan sobiq hokimga 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.
Bahromjon Haydarov 1972 yilda Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh viloyatida tug‘ilgan, 1995 yil Andijon iqtisodiyot va boshqaruv institutini (sirtqi), 1998 yil O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasini (kunduzgi) tamomlagan.
1994 yilda Andijon viloyati hokimligi moliya boshqarmasida ish boshlagan Bahromjon Haydarov 2017-2019 yillarda boshqarma boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Tavsiya etamiz
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Britaniyalik 2 yoshli bola Mensa tarixidagi eng yosh dahoga aylandi
Jahon | 01:08
-
Istanbullik erkak har kuni ishga borish uchun Bosfordan suzib o‘tishi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 00:40
-
«Ahmoqlar. O‘t ochishni to‘xtatish o‘limlar bo‘lmasligi uchun kerak» - Zelenskiy
Jahon | 23:33 / 02.06.2025
Mavzuga oid

12:55 / 21.04.2025
Andijon shahriga yangi hokim tayinlandi

18:09 / 13.09.2024
Andijonda o‘quvchilarni jazo sifatida o‘tirib-turg‘azgan xodimga chora ko‘rildi

14:38 / 12.09.2024
Andijonda darsga kech kelgan qizlar jazo sifatida o‘tirib-turg‘azildi. Bu mumkin emas

12:19 / 10.09.2024