Kun.uz ixtiyoriga Andijon şahar hokimi Bahrom Haydarovni deputat daxlsizligi huquqidan mahrum qiliş böyiça kiritilgan taqdimnoma Kengaş yiğilişida öqib eşittirilgani aks etgan audio kelib tuşdi (audio tahririyatda mavjud).
Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi tomonidan kiritilgan taqdimnomada Andijon şahar hokimi hisoblangan Bahrom Haydarovni 2017 yildan 2019 yil oktabr oyiga qadar Andijon viloyati moliya boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan davrida sodir etgan moliyaviy jinoyatlari uçun tergovga tortiş masalasi kötarilgan.
Ma’lum qilinişiça, Boş prokuraturaning Uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraşiş boşqarmasi tomonidan Andijon şahar xalq ta’limi bölimi mansabdor şaxslari va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi va boşqa moddalar bilan qözğatilgan jinoyat işi böyiça tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon şahar xalq ta’limi bölimi mansabdor şaxslari 2018 yil noyabr oyidan 2020 yil noyabr oyiga qadar bir guruh şaxslar bilan oldindan özaro jinoiy til biriktirib, UzAsbo dasturiy majmuasiga ulangan buyurtmaçilarning oylik iş haqlari hamda boşqa tölovlari böyiça sörovnomalari va tölov topşiriqnomalarini soxtalaştirgan holda tölovga taqdim qilib, 48,5 milliard söm budjet mablağlarini özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilgan.
Xususan, 2017 yildan 2019 yil 8 oktyabrga qadar Andijon viloyati moliya boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan Bahrom Haydarov (amaldagi Andijon şahar hokimi) özining mansab vakolatlaridan foydalanib boşqa mansabdorlar tomonidan asossiz ravişda oydan oyga köçirilgan 9 milliard söm mablağlarning örnini töldiriş uçun 14,3 milliard mablağlarni şahar xalq ta’limi bölimiga noqonuniy ravişda ortiqça ajratib bergan.
Şuningdek, Haydarov viloyat moliya boşqarmasi boşliği sifatida budjet mablağlarini qat’iy iqtisod qilmagani natijasida 6,8 milliard söm yagona ijtimoiy tölov hamda daromad soliği tegişli jamğarma va budjetlarga kirim qilinmagan.
«Uşbu holat yuzasidan 37 nafar şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi va boşqa moddalar bilan ayblov e’lon qilinib, 32 nafar şaxsga nisbatan qamoq, 2 nafar şaxsga nisbatan uy qamoği va 3 nafariga nisbatan garov ehtiyot çorasi qöllangan.












