Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ayollar ko‘proq qaysi sohada ishga taklif etilishi aytildi
2023 yilda tibbiyot va farmatsevtika sohasi ayollarni ishga taklif qilishda eng katta ulushga ega bo‘lgan.
O‘zbekistonda ayollar ko‘proq qaysi sohada ishga taklif qilinishi aniqlandi.
Spot xabariga ko‘ra, O‘zbekistondagi mehnat bozoridagi ayollar ahvoli HeadHunter tomonidan tahlil qilindi. Unga ko‘ra, 2023 yilda quyidagi 5 ta soha ayollarni ishga taklif qilishda eng katta ulushga ega bo‘lgan:
- tibbiyot, farmatsevtika, dorixonalar (76 foiz);
- ta’lim muassasalari (69 foiz);
- buxgalteriya hisobi (har biri 65 foiz);
- xodimlarni boshqarish (62 foiz);
- san’at, madaniyat (58 foiz).
Eng kam taklif tog‘-kon sanoati, og‘ir mashinasozlik va avtomobilsozlik sohasida qayd etilgan — mos ravishda 21 foiz, 19 foiz va 17 foiz.
Ayollar odatda ko‘proq qiziqadigan sohalar va kasblar ham ko‘rsatilgan. 2023 yil yakunlariga ko‘ra, ayollarning eng ko‘p rezyumelari ma’muriy lavozimlarda (umumiy sonning 9,5 foiz), ta’limda (8,4 foiz) va buxgalteriya hisobida (8 foiz) qayd etilgan.
Mavzuga oid
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
10:14 / 21.05.2026
Farg‘onada ayol erini urgani uchun oilaviy zo‘ravonlikda ayblandi
09:58 / 08.04.2026