O‘zbekiston | 10:10 / 07.03.2024
2310
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Singapur va Avstraliyadagi elchisi o‘z missiyasini yakunladi

O‘zbekistonning favqulodda va muxtor elchisi Qahramon Shokirov Singapur va Avstraliyadagi diplomatik missiyasini yakunladi.

Foto: «Dunyo» AA

"Dunyo" xabariga ko‘ra, elchi Toshkentga qaytishdan avval Singapur vazirlik va idoralarida qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Muloqotlar chog‘ida O‘zbekiston-Singapur munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar 2023 yilning yanvar va may oylarida amalga oshirilgan oliy darajadagi tashriflarning samarali natijalari sheriklikning deyarli barcha yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish imkonini bergani alohida ta’kidladi.

Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) hamda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining 53 yoshli bitiruvchisi Qahramon Shokirov mamlakatimizning 2018-2024 yillarda Singapurdagi va 2022-2024 yillarda o‘rindoshlik asosida Avstraliyadagi (qarorgohi Singapur shahrida) elchisi sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan.

Qahramon Shokirov O‘zbekiston TIV markaziy apparati boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid