Jahon | 12:26 / 08.03.2024
4122
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh elchixonasi Moskvadagi ehtimoliy teraktlar tahdidi haqida ogohlantirdi

AQShning Rossiyadagi elchixonasi o‘z fuqarolariga 48 soat davomida Moskvadagi ommaviy tadbirlarga bormaslikni tavsiya qildi.

Foto: AP

AQShning Rossiyadagi elchixonasi Moskvadagi ehtimoliy teraktlar tahdidi haqida xabar berdi

«Elchixona ekstremistlar Moskvadagi yirik tadbirlar, jumladan, konsertlarga hujum qilishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlarni kuzatmoqda», — deyiladi 7 mart, payshanba kuni uning veb-saytida.

Diplomatik missiya mamlakatdagi fuqarolarini keyingi 48 soat davomida «katta yig‘ilishlarga» bormaslikka chaqirdi. Elchixonaning boshqa tavsiyalari orasida «mahalliy ommaviy axborot vositalarida yangiliklarni kuzatib borish» va «yon-atrofda ehtiyot bo‘lish» ham bor. 

Amerika elchixonasiga tayanib, xuddi shunday ma’lumotni Britaniya tashqi ishlar vazirligi e’lon qildi. 

Press-reliz e’lon qilinganidan so‘ng, AQShning Rossiyadagi elchixonasi veb-sayti rus tilidagi versiyasi yangiliklar bo‘limi ishlamay qoldi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid