Isroil Madrimov - super yarim o‘rta vaznda jahon chempioni
Isroil Madrimov rossiyalik Magomed Qurbonovni muddatidan oldin mag‘lubiyatga uchratib, WBA chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. Madrimov o‘rta vazn toifasida boshqa kuchli bokschilar va jahon chempionlari bilan boks o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.

Foto: Mark Robinson / Matchroom Boxing
Saudiya Arabistonining Ar Riyod shahridagi «Kingdom Arena» majmuasida professional boks kechasi bo‘lib o‘tdi.
Janglardan birida o‘zbekistonlik Isroil Madrimov (10-0-1, 7 KO) super yarim o‘rta vaznda WBA kamari uchun rossiyalik chempion Magomed Qurbonovga (25-1-0, 13 KO) qarshi ringga ko‘tarildi va shu vaqtgacha yengilmagan raqibini mag‘lubiyatga uchratdi.
12 raundga mo‘ljallangan jangning 5-raundida xorazmlik bokschining ketma-ket zarbalaridan so‘ng referi bahsni to‘xtatdi va texnik nokaut qayd etdi.
Shu tariqa, Madrimov faoliyatidagi 10-jangida 9-g‘alabasini va chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik jangchi g‘alabadan so‘ng o‘smirlar o‘rtasida o‘rta vazn toifasida boshqa kuchli bokschilar va jahon chempionlari bilan boks o‘tkazishga tayyorligini aytdi.
«Bu ajoyib tuyg‘u, men bu lahzani anchadan beri kutgandim. Men bu unvonni xohlardim, hozir men shu yerdaman, bu kamar meniki va men O‘zbekistonga ketyapman. Bu mening birinchi titulim, lekin menga to‘rtta kamar kerak», dedi u.
Matchroom Boxing promouteri Eddi Hirn Isroil Madrimovni (10−0−1, 7 KO) IBF, WBA va IBO versiyalari bo‘yicha ikki karra jahon chempioni bo‘lgan qozog‘istonlik bokschi Gennadiy Golovkin (42−2−1, 37 KO) bilan solishtirdi.
«Bu yigit haqiqiy yirtqich! U yangi Gennadiy Golovkin. U Qurbonovdan osongina o‘tib ketdi. Uning ismini eslab qoling: o‘zbekistonlik kuchli sportchi Isroil Madrimov 154 funt vazn toifasida barcha kamarlar uchun kurash olib boradi!» — dedi Hirn.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini doimo himoya qilib kelgan - TIV vakili
O‘zbekiston | 23:31
-
Google delfinlar bilan muloqot qilish imkonini beruvchi texnologiyani ishlab chiqdi
Fan-texnika | 23:21
-
Yaponiya aholisi yarim million kishiga qisqardi
Jahon | 22:43
-
Eronning yadro dasturi: Tramp nega o‘zi barbod qilgan bitimni tiklamoqchi?
Jahon | 21:53
Mavzuga oid

01:04 / 23.02.2025
Isroil Madrimov WBC Interim kamari uchun kechgan jangda mag‘lub bo‘ldi

17:39 / 09.12.2024
Isroil Madrimov bilan Sergey Bogachuk jangi bekor qilindi

10:17 / 09.10.2024
Isroil Madrimovning keyingi raqibi va jang sanasi ma’lum qilindi

14:49 / 08.08.2024