Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Hizbulloh» Isroil nishonlariga aniq zarba berganini ma’lum qildi
Livandagi «Hizbulloh» harakati Isroil harbiy obektlariga raketa zarbasi yo‘llaganini ma’lum qildi. «Biz «Burkan» raketalari bilan Zar’itdagi harbiylar kazarmasiga aniq raketa yo‘lladik», deb harakat bayonotini keltirgan Al Jazeera.
Isroil nashrlari ham Jo‘lan tepaliklaridagi ikkita harbiy bazaga Livan tomonidan zarba berilganini yozgan. «Hizbulloh»ga aloqador kanallarga ko‘ra, bu Isroilning 12 martda Livan janubidagi shaharlarga bergan raketa zarbalariga javob bo‘lgan.
Shuningdek, Isroil nashrlari oxirgi bir necha kun davomida Eron Suriya orqali «Hizbulloh»ga ko‘p miqdorda o‘qdori yetkazib bergani haqida yozgan.
Mavzuga oid
09:17
OAV: Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida sulh tuzildi
17:56 / 19.06.2026
«Tramp sizning yagona ittifoqchingiz» – Vens ham Isroilni tanqid qildi
14:15 / 18.06.2026
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
09:25 / 18.06.2026