Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Greta Tunberg Shvetsiya parlamenti oldidagi aksiyadan chetlashtirildi
Stokholm politsiyasi faollar parlament binosi oldida namoyish o‘tkazishga haqli ekanini tan oldi. Biroq ularning bir nechasi, jumladan Greta Tunberg ham kirishni to‘sib qo‘ygani uchun tadbirdan chetlashtirildi.
Shvetsiya politsiyasi taniqli iqlim faoli Greta Tunberg va «Kelajak uchun juma» iqlim harakatining boshqa a’zolarini Stokholmdagi mamlakat parlamentidan olib ketdi. Mahalliy matbuotning 12 mart, seshanba kuni xabar berishicha, ikki politsiyachi 21 yoshli Tunbergni u to‘sib turgan bino kirish eshigidan taxminan 20 metr nariga sudrab ketgan.
Keyin Tunbergni politsiya mashinasida olib ketildi. TT xabariga ko‘ra, bir necha kishi qisqacha so‘roq qilingan. Stokholm politsiyasining aytishicha, faollar parlament binosi oldida namoyish o‘tkazish huquqiga ega bo‘lsa-da, besh-o‘nga yaqin namoyishchi kirishni to‘sib qo‘ygani uchun chetlashtirilgan.
Parlament binosi oldidagi aksiya bilan asosan yosh faollar jamoatchilik e’tiborini iqlim o‘zgarishi va o‘tkir ijtimoiy inqiroz oqibatlariga qaratishga harakat qildi.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
10:03 / 13.05.2026